Bosch kompaniyasi avtomobilga kalitsiz kirish tizimini yangi darajaga yetkazishni rejalashtirmoqda, deb yozadi Spot. Kompaniya an’anaviy ravishda yanvar oyi boshida Las-Vegasda bo‘lib o‘tgan CES-2019 xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etadi va unda Perfectly Keyless tizimini taqdim etadi.

Foto: Bosch

Bosch tomonidan tavsiya etilgan tizim smartfon va maxsus dasturdan foydalanishni talab qiladi.

Perfectly Keyless maxsus ishlab chiqilgan mobil ilovadan foydalanib, raqamli kalitni to‘g‘ridan-to‘g‘ri smartfonda saqlaydi. Haydovchi avtomobiliga yaqinlashganda, raqamli kalitlarni boshqarish dasturi smartfondan bulutli server orqali avtomobilga o‘rnatilgan sensorlarga signal uzatadi. Agar sensorlar raqamli kalitni aniqlasa, tizim raqamli eshik qulfini boshqarish blokiga signalni yuborib, ularni ochadi.

Eng qulay jihati shundaki, haydovchi telefonni olishi va avtomobilning ma’lum bir qismiga uni qulfni ochish uchun yo‘naltirishi kerak bo‘lmaydi. Axborot bulut orqali uzatilgani sababli, sensorlar smartfondagi raqamli kalitni smartfon hatto cho‘ntak yoki sumka ichida bo‘lganda ham hisoblaydi.

Bu funksiya tufayli NFSga asoslangan Perfectly Keyless boshqa dasturlardan ajralib turadi. Digital Trends portali ta’kidlashicha, Perfectly Keyless Tesla Model 3 elektrmobillarida qo‘llaniladigan kalitsiz kirish tizimiga o‘xshaydi.

Ushbu texnologiyaning salbiy tomonlari qanday?

Masalan, telefoningizni yo‘qotib qo‘ysangiz yoki uni kimdir sizdan o‘g‘irlasa nima bo‘ladi? Bosch bu kabi vaziyatlarni ham oldini oldi. Kompaniyaning ta’kidlashicha, avtomobil egasi soniya ichida raqamli kalitni internet orqali o‘chirib qo‘yib avtomobilga kirishni bloklashi yoki blokdan chiqarishi mumkin. Va, albatta, avtomobilga kira olish uchun smartfon quvvati tugab qolmasligi kerak.