GM Uzbekistan kompaniyasi yiliga 10 mingtagacha Chevrolet Tracker ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “O‘zavtosanoat” raisi o‘rinbosari Umidjon Salimovga tayanib, “Podrobno.uz” xabar berdi.

Foto: “Podrobno.uz”

Umdijon Salimovning so‘zlariga ko‘ra, ikki oy ichida ikki mingdan ortiq Chevrolet Tracker ishlab chiqarilgan, keyingi yilda ishlab chiqarishni 10 mingtaga yetkazish rejalashtirilmoqda. Bu birinchi bosqichda keng qamrovli yig‘ish bo‘ladi. Dastlab avtomobil faqat ichki bozor uchun ishlab chiqariladi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent viloyatining Nurafshon shahrida O‘zbekistondagi ilk multibrend avtosalonning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda shu yilning 10-dekabrida sotuvga qo‘yilgan yangi model – Tracker avtomobili taqdim qilindi.