18-dekabrda “Grand-ta‘lim” o‘quv markazida xalqaro arab tili kuni munosabati bilan tadbir o‘tkazildi. Bu haqda “Muslimat.uz” xabar berdi.
Tadbirga “Hilol-nashr” nashriyoti va “Islom.uz” portali rahbari Ismoil Muhammad Yusuf, Odinaxon Muhammad Sodiq, markaz o‘qituvchilari hamda o‘quvchilari, shuningdek, ota-onalar tashrif buyurdi.
Ismoil Muhammad Yusuf va Odinaxon Muhammad Yusuf yig‘ilganlarni xalqaro arab tili kuni bilan tabrikladi. Markazda faoliyat ko‘rsatayotgan, Misr Arab Respublikasidan tashrif buyurgan arab tili ustozlari Ahmad Salmon va Muhammad Abdusattorlar arab tilining mohiyati haqida gapirdi.
Faol o‘quvchilarga faxriy yorliq va tashakkurnomalar, shuningdek, esdalik sovg‘alari topshirildi.
Izoh (0)