Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazi hamda Xalqaro robototexnika olimpiadasi qo‘mitasi — IROC (International Robot Olympiad Committee) o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi. Bu haqda “Daryo”ga vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: Innovatsion rivojlanish vazirligi

Memorandum Filippinning Manila shahrida Manila shahrida bo‘lib o‘tayotgan IRO (Xalqaro robototexnika olimpiadasi)ning final bosqichi doirasida imzolandi.

Unga ko‘ra, Innovatsion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazi Xalqaro robototexnika olimpiadasi qo‘mitasining O‘zbekistondagi rasmiy vakili bo‘ladi. Shuningdek, markaz qo‘mitaning hududiy musobaqasini o‘tkazish imtiyoziga ega bo‘lib, O‘zbekistondan milliy terma jamoani saralab olib, xalqaro olimpiadada ishtirokini ta’minlaydi. Shuningdek, u xalqaro olimpiadani kelgusida O‘zbekistonda o‘tkazish huquqiga ega bo‘ladi.

Ushbu loyihadan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad O‘zbekistonda robototexnika sohasini ommalashtirish, yoshlarning innovatsion texnologiyalarga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlashdan iborat.

Ma’lumot uchun, Xalqaro robototexnika olimpiadasi 1999-yildan buyon har yili muntazam o‘tkazib kelinadi. Unda butun dunyodan 50 ming nafar ishtirokchi qatnashadi.