UFC’ning yengil vaznli jangchisi Kevin Li Fox 31 musobaqasida El Yakvintadan qabul qilib olgan mag‘lubiyatiga izoh berdi. Bu haqda MMA Junkie xabar berdi.

Foto: Google Images

“Men Yakvinta bilan bo‘lgan jangda g‘olib bo‘ldim, deb o‘ylayman. Juda ko‘p chap tomonda ikkinchi raqamda ishladim va o‘zimga yangi bo‘lgan uslubda — tajovuzkor bo‘lmadim, hujumga o‘tmadim va shiddat bilan jang qilmadim. Qandaydir yangicha uslubni ko‘rsatishni xohladim. El yaxshi harakat qildi, to‘rtinchi raundda yaxshigina zarbasiga tutildim. Nima deyishim mumkin: Qaytib kelaman va albatta, chempion bo‘laman. Men irqchilik, tizim, qashshoqlik va yutqazishimni istagan barchani dog‘da qoldirdim. Kamtarligingga ham jin ursin!” — deydi Kevin.

16-dekabr, yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan musobaqadan so‘ng, Habib Nurmagomedov o‘zining Twitter’dagi sahifasida shunday yozgandi: “Kamtar bo‘l, Kevin Li. Kamtarlik — bu muvaffaqiyatning kaliti”. Qayd etish joiz, avvalroq Li Habibni bir necha bor jangga chaqirgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!