To‘siq orqasidan yemish o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan fil tiqilib o‘lib qoldi. Bu haqda Daily Mail xabar berdi.

Foto: Daily Mail

Hodisa mamlakat janubi—g‘arbida joylashgan Karnataka shtatidagi Nagarxole milliy bog‘ida sodir bo‘lgan.

Hind fili fermerning dalasiga o‘tib, boshoqli o‘simliklardan yegan va orqasiga qaytayotganda, devorning to‘sig‘iga tiqilib bo‘g‘ilib qoldi.

Hayvonning yoshi 42 da edi. Milliy park direktori K.M. Narayanasvami filning diafragmasi devorga tiqilib qolishi oqibatida uning ichki organlariga kislorod o‘tmay qolib, qisilib qolganligi uning o‘limiga sabab bo‘lganini ma’lum qilgan.

Foto: Daily Mail

32 kilometr balandlikdagi devor dalalarni fillar hujumidan himoya qilish maqsadida o‘rnatilgan, bo‘lib u hayvon himoyachilarining e’tirozlariga sabab bo‘lgan.

Hind yoki Osiyo fillari yo‘qolib borayotgan hayvon turi hisoblanadi. Ko‘pincha ular inson faoliyati hamda YTH tufayli o‘ladi.