GM Uzbekistan 20-dekabrdan 22-dekabrgacha barcha avtosalonlarda Cobalt LS M/T (1-pozitsiya) avtomobilini xarid qilish istagida bo‘lganlar uchun maxsus Yangi yil aksiyasini e’lon qildi.

Foto: Etoday

Aksiya davomida ushbu avtomobil uchun 100 foiz to‘lov amalga oshirgan har bir xaridor 4 000 000 so‘m chegirmaga ega bo‘ladi.

Dilerlik korxonalari hamda shartnomalar tuzish uchun mavjud avtomobillar ro‘yxati bilan GM Uzbekistan rasmiy saytida tanishish mumkin.