Ukrainaning Odessa shahri markazida ikki qorbobo o‘rtasida mushtlashuv yuz berdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar qildi.

Foto: “Gazeta.ru”

Xabar berilishicha, kelishmovchilik “qaddi-qomati kelishgan” Timur ismli oliy qorbobo bilan suratga tushmoqchi bo‘lgan qizcha sababli yuzaga kelgan. Ular “ojiz” Mustafo ismli ikkinchi qorbobodan suratga olishni so‘ragan.

Ta’kidlanishicha, “oliy” qorbobo qoidasiz jang bilan shug‘ullanadi. Qorbobolar dastlab janjallashgan, keyin esa mushtlashuv kelib chiqqan. Qorqiz mushtlashayotganlarni ajratishga uringan, holatga guvoh bo‘lgan bolalar esa yig‘lashni boshlagan.