Facebook ijtimoiy tarmog‘ida Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning o‘g‘li Yairga tegishli bo‘lgan sahifani falastinliklar va musulmonlar haqidagi haqoratli postlari sababli bloklab qo‘ydi. Bu haqda The New York Times xabar berdi.
Isroilning ikki fuqarosi Iordan g‘arbiy qirg‘og‘ida o‘ldirilgach, Yair Netanyaxu Facebook’da falastinliklarni “inson ko‘rinishidagi maxluq” deb post qoldirgan. Yana bir postida Yair xohishi Isroilda musulmonlar bo‘lmasligini haqida ma’lum qilgan.
Facebook ko‘p sonli shikoyatlardan so‘ng, postlarni nafrat uyg‘otuvchi xabar sifatida o‘chirib tashlagan. Shundan keyin Yair Netanyaxu Twitter’da mojaroli bayonotlar berishda davom etgan.
Izoh (0)