Google kompaniyasi Nyu-Yorkdagi Xadson skverda umumiy qiymati bir milliard dollarga teng bo‘lgan yangi kampus qurilishiga investitsiya kiritish niyatida. Bu haqda kompaniya o‘z blogida ma’lum qilgan.
Hozirda AQShning eng katta shahrida kompaniyaning 7 mingga yaqin xodimi faoliyat yuritmoqda. Google keyingi o‘n yillikda xodimlarining sonini ikki baravar oshirish niyatida.
Xadson skverning umumiy maydoni 157 000 kvadrat metrni tashkil qiladi. Bu yerni kompaniya xalqaro biznesni tashkil qilishi bo‘yicha asosiy maskanga aylantiradi. Kompaniya xodimlari Xadson stritdagi binoga 2020-yilda ko‘chib o‘tishi rejalashtirilgan. Vashington stritdagi uchinchi ofis esa yana ikki yil o‘tib ochiladi.
Izoh (0)