Avariya 17-dekabr kuni Tashenova ko‘chasida sodir bo‘lgan. Bu haqda “Nur.kz” xabar berdi.
Voqea guvohlarining so‘zlariga ko‘ra, Mercedes haydovchisi boshqa transportni quvib o‘tayotgan payt, yo‘ldan o‘tib kelayotgan yo‘lovchini ko‘rmay qolgan.
200 metr yurgandan so‘ng, haydovchi mashina harakatiga bir nima halaqit qilayotganini sezgan.
Haydovchi mashinani to‘xtatganda, g‘ildiraklar orasida ayol borligi aniqlangan. Shundan so‘ng, voqea guvohlari yordamida ayolni g‘ildirak ostidan chiqarib, tez yordam chaqirgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, jabrlangan ayol operatsiya qilingan. Hozir ayol komada.
Izoh (0)