Kanadaning Dartmut shahrida yashovchi ayol mushugini bilmasdan jo‘natma bilan Monrealga jo‘natib yubordi. Bu haqda “Tengrinews” xabar berdi.

Foto: CTV

Ayol jo‘natma yig‘ayotganida uning Balu laqabli mushugi qutilardan biriga kirib uxlab qolgan. Ayol jo‘natmani yuborganidan so‘nggina mushugi yo‘qolib payqab qoldi.

Bir kun o‘tgach ayolga Monreal kurerlik xizmatidan qo‘ng‘iroq qilib, jo‘natma orqali mushuk yuborilganligi haqida ma’lum qildi.

Mushukni jo‘natmalarni tashiyotgan yuk mashinasi haydovchisi payqagan.

Mushuk mustaqil ravishda qutida teshik hosil qilib, tashqariga chiqishga muvaffaq bo‘lgan.