Britaniyalik mashhur aktrisa Kira Naytli Britaniya imperiyasi ordeni ofitseri nishoni bilan taqdirlandi, deb yozadi “Argumenti i fakti”.
“Dramatik san’at va xayriya sohasidagi xizmati uchun Britaniya imperiyasi ordeni belgisini olgan Kira Naytlini tabriklaymiz”, — deyiladi Bukingem saroyining Twitter’dagi xabarida.
33 yoshli aktrisaga mukofotni Uels shahzodasi Charlz topshirganligi ta’kidlanmoqda.
Kira Naytli tomoshabinlarga “Karib dengizi qaroqchilari”, “Andisha va g‘urur”, “Tazarru” kabi kartinalardagi rollari bilan mashhur.