Toyota kompaniyasi seriyali yangi avlod Supra avtomobilining birinchi nusxasini Barrett-Jackson auksionida sotadi. Savdo AQShning Arizona shtatidagi Skotsdeyl shahrida 2019-yilning 19-yanvarida bo‘lib o‘tadi. Sport mashinasining jahon premyerasi Detroyt avtosalonida 14-yanvarda bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “Motor” xabar berdi.

Foto: “Motor”

Sportkar AQSh bozoridagi so‘nggi 20 yil ichidagi birinchi Supra bo‘ladi. Avtomobilni sotishdan tushgan daromad Amerika kardiologlari assotsiatsiyasiga va Bob Vudraff jamg‘armasiga xayriya sifatida yo‘naltiriladi. Jamg‘arma 2001-yil 11-sentabrda yuz bergan teraktda jabrlangan veteranlar, harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolariga yordam beradi.