Xalq ta’limi vazirligi maktab sinfxonalariga kameralar o‘rnatish tajribasini ijobiy deb hisoblaydi, biroq bunga moliyaviy mablag‘lar ajratishga hozircha tayyor emas. Bu haqda xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov ma’lum qildi, deb yozadi “Podrobno.uz”.
“Kameralar yordam beradi, albatta. Ota-onalar ular orqali maktabdagi vaziyatni kuzatib borishi mumkin, shu tariqa jamoatchilik nazorati rivojlanadi”, — dedi Shermatov.
Biroq u hozircha kameralarni o‘rnatish uchun ajratilgan budjet yo‘qligini qo‘shimcha qildi.
“Maktablarda kameralar o‘rnatishga davlat-xususiy sheriklik asosidagi biror bir variantlar bo‘lsa, ko‘rib chiqishga tayyormiz. Bir nechta variant o‘ylab chiqish va ularni bosqichma-bosqich o‘rnatish mumkin. Davlat kameralardan avval joylarda maktablarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha juda ko‘p masalalarni hal etishi lozimligini tushunish kerak. Masalan, isitish, ichimlik suvi, xavfsizlik kabi elementar masalalar”, — deya ta’kidlaydi xalq ta’limi vaziri.
Izoh (0)