Chevrolet Malibu avtomobili uchun 100 foiz to‘lov amalga oshirgan xaridor 9 061 866 so‘mgacha, Lacetti uchun 3 858 136 so‘mgacha chegirmaga ega bo‘ladi. GM Uzbekistan axborot xizmati ma’lum qilishicha, ko‘p sonli talab va istaklarga binoan kompaniya Chevrolet Malibu va Lacetti avtomobillari uchun chegirmalarni uzaytiradi.

Foto: O‘zA

Xaridorlarga avtomobil xaridini rasmiylashtirish jarayonida qulayliklar yaratish maqsadida chegirmalar yetti kun — 15 dan 22-dekabrgacha amal qiladi.

Ushbu kunlar davomida Chevrolet Malibu avtomobili uchun 100 foiz to‘lov amalga oshirgan xaridor 9 061 866 so‘mgacha, Lacetti uchun 3 858 136 so‘mgacha chegirmaga ega bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Malibu avtomobillarini xarid qilish uchun shartnomalar tuzish 2018-yilning 31-dekabriga qadar davom etadi.