Shu kunlarda Ostonada Kcell AJ aksiyalarining 75 foizini xarid qilish bo‘yicha “Qozoqtelekom” AJ va Telia Company hamda Fintur Holdings BV o‘rtasida shartnoma imzolandi, deb yozadi “Mobinfo.uz”.
Shartnoma doirasida “Qozoqtelekom” Telia Company’dan Kcell’ning 24 foiz aksiyalari, Fintur Holdings BV’dan esa 51 foiz aksiyalarini xarid qiladi.
Telia Company vakillari 75 foiz aksiyalarining kelishilgan narxi 446 million dollar ekanligini ma’lum qildi.
Shartnoma Telia’ning Yevroosiyo bozoridan chiqishidagi yana bir qadam hisoblanadi. Shu tariqa, Ucell operatori O‘zbekiston Davlat raqobat qo‘mitasiga sotilgandan so‘ng Telia kompaniyasi Markaziy Osiyo bozorini to‘liq tark etdi. U avvalroq Tojikistonning Tcell’dagi ulushini ham sotgan edi.
Izoh (0)