Uzoq Sharq federal okrugining markazi Xabarovskdan Vladivostokka ko‘chirildi. Bu haqdagi farmonni Rossiya prezidenti Vladimir Putin imzoladi, deb yozadi TJournal.
Prezident o‘z ma’muriyatiga poytaxtni ko‘chirish uchun zarur tadbirlar o‘tkazishni yukladi. Farmon 13-dekabr kuni kuchga kiradi.
Okrug markazini ko‘chirish haqida Primorye o‘lkasining gubernatori v.v.b. Oleg Kojemyako so‘ragan edi. “Birinchidan bu biz uchun maqom. Bu ma’lum bir mablag‘ va e’tibor. Biz mehmondo‘st odamlarmiz, hammani kutib olamiz”, — deya ta’kidladi u.
Kojemyako okrug poytaxtining ko‘chirilishi yangi ish o‘rinlarining yaratilishiga sabab bo‘lishiga ishonch bildirdi.
Xabarovsk meri Sergey Kravchuk va Xabarovsk o‘lkasi gubernatori Sergey Furgal bu tashabbusga qarshi chiqqan edi.
Izoh (0)