Samarqandning o‘ziga xosligini saqlab qolish, mazkur qadimiy shaharning tarixiy-madaniy merosini ommalashtirish muammosi 11-dekabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan nufuzli xalqaro forumda batafsil ko‘rib chiqildi, deb yozadi “Novosti Uzbekistana”.
12-dekabr kuni esa Samarqandning bosh rejasi konsepsiyasi va madaniy merosni qo‘riqlash loyihasini muhokama qilish uchun O‘zbekiston delegatsiyasining vakili Parijga uchib ketdi.
Avvalroq ma’lum qilinganidek, Toshkentda O‘zbekistonning madaniy merosiga bag‘ishlangan xalqaro forum bo‘lib o‘tdi. Forum sessiyalaridan biri “Samarqandning tarixiy-madaniy merosini saqlab qolish va ommalashtirishning aktual masalalari” muammosini muhokama qilishga bag‘ishlandi. Muhokamada mutaxassislar, ekspertlar va olimlar ishtirok etdi.
Muhokama doirasida O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Aziz Abduhakimov YuNESKO butunjahon merosi qo‘mitasida olimlar va ekspertlarning katta guruhi Samarqand madaniy merosini saqlash bo‘yicha takliflar taqdim etishini ta’kidladi.
O‘zbekistonda YuNESKO bosh vakili vazifasini bajaruvchi Mariya del Pilar Alvares-Laso madaniy meros nima ekanligi haqidagi bilimlarni jamiyatga yetkazish, davlat esa avvalgi tajriba va fuqarolar ehtiyojlarini hisobga olishi zarur deb hisoblaydi.
Izoh (0)