Yovoyi hayvonlar veterinari Gabriela Benavides janubiy Afrikadagi Kryuger parkida zaharli ilon va olato‘g‘anoqning hayot uchun kurashish jangini ko‘rgan. Bu haqda “National Geographic” xabar berdi.
“JARda hozir qish. Shuning uchun ilonlarni ochiq joylarda uchratish qiyin. Biroq, turistlar chuqurlikda qolgan ilonga duch kelishgan.
Ilonning ko‘zlari allaqochon cho‘qib bo‘lingan, biroq ilon olato‘g‘anoq bilan kurashardi. Qo‘rqinchliroq bo‘lish uchun ilon og‘zini katta ochib, olato‘g‘anoqni qo‘rqitmoqchi bo‘lardi.
Katta ehtimol bilan shuni aytish mumkinki, ilon allaqachon kasalikka chalingan bo‘lishi mumkin. Chunki u qushga javob qaytara olmasdi.
Mazkur sahna bizni ilonlardan qo‘rqsak ham, uning uchun havotir olishga majbur qildi”, – degan veterinar.
Izoh (0)