Xitoy hukumati kanadalik Maykl Speyvorni hibsga olishdi. Bu haqda bugun, 13-dekabr kuni Global News telekanali xabar bermoqda.
“Biz Kanada fuqarosi Maykl Speyvor qo‘lga olingani haqida xabarimiz bor, u bugungacha Xitoyda bedarak yo‘qolgan fuqarolar ro‘yxatida edi”, – deb ma’lum qilgan Kanada TIV vakili.
Vakil Kanada fuqarosi shimoliy Xitoyda joylashgan Dandun shahrida saqlanayotgan bo‘lishi mumkinligi haqida ham aytib o‘gan.
Maykl Speyvor Paektu Cultural Exchange xalqaro nodavlat tashkilotga egalik qiladi. Paektu Cultural Exchange Shimoliy Koreyaga turlar va mamlakatdagi xokkey bo‘yicha chempionatlarni tashkillashtirish bilan shug‘ullanadi. Bundan tashqari, Maykl Speyvor sobiq professional basketbolchi Dennis Rodman va KXDR rahbari Kim Chen In bilan uchrashuvni tashkillashtirgan.
Izoh (0)