12-dekabr, chorshanba kuni O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova tug‘ilgan kunini nishonlamoqda, deb yozadi Sputnik.
O‘zbekiston va boshqa davlatlardan millionlab muxlislar o‘zbek estradasi primadonnasiga o‘z tabriklarini yo‘llamoqda.
Nilufar Usmonova Instagram’dagi sahifasida onasini tabriklab, onasi juda yosh ekanligida tushgan suratini joyladi. Surat bir necha soatdayoq 12 mingdan ortiq “layk” to‘pladi.
O‘zbek komik aktrisasi Halimaxon Ibrohimova Instagram’dagi sahifasiga Yulduz Usmonovaning tug‘ilgan kunida olingan videoni joylashtirdi. Videoda Yulduz Usmonovaga yaqinlaridan chiroyli tort taqdim etilganligini ko‘rish mumkin. Tort ustida 19 raqami tasvirlangan shamlar ham bor. “19 bahoringiz muborak”, — deb yozgan Halimaxonim o‘z sahifasida.
https://www.instagram.com/p/BrQpeCmniZ8/?utm_source=ig_embed
O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova 1963-yilda Marg‘ilon shahrida tug‘ilgan. Uning bir nafar qizi — Nilufar Usmonova va besh nafar nabirasi bor.
Yulduz Usmonova Tojikiston va Turkmaniston xalq artisti va Qozog‘istonda xizmat ko‘rsatgan artist unvonlariga ega.