Standard Cyborg dasturchilar guruhi Face ID kamerasi yordamida odamning virtual nusxasini yarata oladigan Capture dasturini taqdim etdi. Bu haqda Hi-Tech Mail.Ru xabar berdi.

Dastur yuzning 3D modelini yaratish uchun iPhone X yoki XS va XR’da infraqizil nurdan foydalanadi. Shundan so‘ng dastur old kamera yordamida modelning teksturasini yaratadi. Buning uchun dasturni ishga tushirib, kamerani butun bosh bo‘ylab sekinlik bilan o‘tkazish kerak. Shu tariqa nafaqat odamlarni, balki har qanday obyektni skaner qilish mumkin.

Foto: Hi-Tech Mail.Ru

Hozircha dasturning odamlarni skanerlash sifati juda yomon, chunki telefonni bir xil ushlab turish qiyin va tasvir titraydi. Shunday bo‘lsa ham, boshqa obyektlarning modellari nisbatan yaxshiroq chiqadi.