O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tomonidan Buxoro viloyati hududida 24 soat ichidagi tizimli elektr energiyasi uzilishlari o‘rganildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Uzilishlar har kuni davomli 3 marotaba kuzatilmoqda:
Kogon shahridagi “Turkiston” va Alisher Navoiy nomidagi mahallarda har kuni davomli 3 marotaba, uzilishlar o‘rtacha 6 soat;
Shofirkon tumanidagi “Denov” va “Vardonze” mahallalarida 3-4 soat;
G‘ijduvon tumanidagi “Guliston obod”, “Xavzak”, F.Yunusov nomidagi mahallalarda 2-3 soat;
Peshku tumanidagi “Quchoq”, “So‘fikor” mahallalarida 7-8 soat;
Qorako‘l tumanidagi “Qulonchi” mahallasida 7-8 soat.