Singapurda yuk mashinasi haydovchisidan bir dollar olishga uringan davlat xizmatchisi Chen Szilyan pora olishda ayblandi. Bu haqda The Straits Times xabar bermoqda.
47 yoshli xitoylik fuqaro yuk konteynerlariga xizmat ko‘rsatuvchi davlat firmasida katta operator bo‘lib ishlaydi. Erkak korrupsiya bo‘yicha ikki epizodda ayblandi. Jumladan, sud hujjatlarida 2017-yilning oktabrida yuz bergan hodisa haqida so‘z yuritiladi: o‘shanda haydovchi uning transport vositasidan yuklarni tushirishni kechiktirmaslikni so‘ragan.
Hozirda Szilyanning 2014-yildan hozirgacha bo‘lgan faoliyati tekshirilmoqda. Pora olishda gumon qilinib uning hamkasbi ham qo‘lga olingan.
Ishni sudda ko‘rish kelgusi yilning yanvariga qadar davom etadi. Korrupsiya uchun jazo besh yilgacha qamoq jazosi va 100 ming dollargacha jarimani ko‘zda tutadi.
Izoh (0)