Sankt-Peterburgdan O‘zbekistonga qaytib kelayotgan erkak o‘z tanasidan giyohvandlik moddalari uchun konteyner sifatida foydalanishga urindi. Bu haqda Shimoli-G‘arbiy bojxona boshqarmasi mahalliy OAVlariga ma’lum qildi, deb yozadi “Podrobno.uz”.
Boshqarma matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Pulkovo bojxona postida Toshkent reysiga yo‘l olgan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olingan.
Uning oshqozon-ichak trakti rentgen yordamida tekshirilganda, 287 ta konteynerda umumiy hajmi 493 gramm giyohvandlik moddasi borligi aniqlangan.
Mazkur fakt bo‘yicha Pulkovo bojxonasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh (0)