AQSh prezidenti Donald Tramp unga nisbatan impichment e’lon qilinishidan xavotirda. Bu haqda CNN xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Donald Tramp maslahatchilar bilan suhbatda, unga nisbatan impichment e’lon qilinishidan xavotirdaligini ma’lum qilgan.
Trampning fikricha, Kongress Demokratlar nazoratigi o‘tganidan keyin vaziyat shunday tus olishi mumkin. Trampga nisbatan impichment e’lon qilinishiga saylov kampaniyalarini moliyalashtirishda yo‘l qo‘yilgan qoidabuzarliklar sabab bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, Trampga nisbatan impichment e’lon qilinishini 44% amerikaliklar qo‘llab-quvvatlagan.
Izoh (0)