Irkutsk viloyati sudi 60 ta qotilik qilgan sobiq militsioner Mixail Popkovni aybdor deb topib, bir umrlik qamoq jazosiga hukm qildi. Bu haqda “TASS” agentligi xabar bermoqda.
Psixologo-psixiatrik ekspertiza natijalari va jinoyatlarni sodir etishga Mixail Popkovning gomitsiodomaniya, ya’ni odam o‘ldirishga bo‘lgan patologik holati sabab bo‘lgan. Shunga qaramasdan jinoyatchi ekspertiza natijalariga ko‘ra, aqli rasoligi isbotlangan.
Mixail Popkov sud qarorini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha appelyatsiya bergan. Sobiq militsioner unvonining olib qo‘yilishi va pensiyadan ayrilib qolishidan norozi. Mixail Popkov 24 ming rubl (taxminan uch million so‘mga yaqin) pensiya olgan.
Sobiq militsioner 2012-yilda qo‘lga olingan. 2015-yilining yanvar oyida Irkutsk viloyat sudi Mixail Popkovni 22 ta qotillikda aybdor deb topib, bir umrlik qamoq jazosiga hukm qilgan. 2017-yilining mart oyida sud Mixail Popkovni yana 60 qotillikda aybdor deb topdi. Unga har bir qotillik bo‘yicha bir umrlik qamoq jazosi tayinlangan.
Izoh (0)