Toshkentda o‘tkazilayotgan “O‘zbekiston madaniy merosini saqlash va o‘rganish bo‘yicha loyihalar” xalqaro forumu ochilishida so‘zga chiqqan sharqshunos olim, AQShning Markaziy Osiyo va Kavkaz instituti raisi, O‘zbekiston madaniy merosini saqlash, o‘rganish va ommalashtirish bo‘yicha butunjahon jamiyati ilmiy kengashi a’zosi Frederik Starr O‘zbekiston va Markaziy Osiyo madaniy merosiga “aysberg” deya ta’rifladi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
– O‘zbekiston va Markaziy Osiyo madaniy merosi xuddi aysbergga o‘xshaydi, – dedi F.Starr. – Bu merosning faqat bir qismigina bizga ma’lum. Qolgani yashirinib yotibdi. “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plarida” loyihasi doirasida izlab topilayotgan nodir qo‘lyozmalar, tarixiy ashyolar bilan “aysberg”ning ko‘zdan pana qismi tobora ochilib bormoqda.
Olimning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston va Markaziy Osiyo madaniy merosining 85—90 foizi bugungi kungacha yetib kelmagan.
Toshkentda xalqaro multimedia forumda 2018-yil yakunlari hamda 2019-yil “Yo‘l xaritasi” tuzilgan.
Izoh (0)