Fransiya tashqi ishlar vaziri Jan-Iv Le Drian LCI telekanali efirida AQSh prezidenti Donald Trampdan mamlakatning ichki siyosatiga aralashmaslikni so‘radi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Avvalroq Tramp “sariq nimchalilar” namoyishlari fonida Fransiya hukumatiga iqlim bo‘yicha Parij kelishuviga chek qo‘yishni maslahat bergan edi.
“Donald Trampga men ham, Fransiya prezidenti ham shunday deymiz: biz Amerika debatlarida ishtirok etmaymiz, millatimiz hayoti bilan o‘zimiz shug‘ullanishimizga ruxsat bering”, — dedi Le Drian.
Izoh (0)