Apple Watch “aqlli” soatidagi EKG funksiyasi bir kishiga yurak bilan bog‘liq muammoni aniqlab, so‘ng to‘g‘ri davolanish olishda yordam berdi, deb yozadi Hi-Tech Mail.Ru.

Foto: Hi-Tech Mail.Ru

Ushbu funksiya haqida sentabrdagi taqdimotda e’lon qilingan, ammo u dekabrga qadar ishlamagan edi. 30 soniyali test yurak urishi tezligini kuzatish va yurak ishidagi buzilishlarni aniqlashda yordam beruvchi to‘la-to‘kis elektrokardiogramma olish imkonini beradi. Ammo Apple Watch’dagi datchik kasalxona uskunalari darajasida aniq ishlamaydi.

Foydalanuvchilardan birining aytishicha, soatni olgach, u darhol funksiyani yoqib, qiziqish sababli EKGni ishga tushirgan — natija nonormal chiqqan. U yana bir necha marta test o‘tkazib ko‘rgan, natija bir xil chiqavergan. Shundan keyin u kasalxonaga borib, EKG uskunasiga tushgan, natijada yurak bo‘lmasi fibrillyatsiyasi — aritmiya aniqlangan.

“Siz Apple aksiyalarini sotib olishingiz kerak. U sizning hayotingizni saqlab qoldi, deyish ham mumkin”, — dedi kardiolog bemorga. U tashxisni tasdiqlab, davo yozib berdi.