O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiya qabul qilinganining 26 yilligi bayrami arafasida afv e’lon qildi. Bu haqda “Kun.uz” xabar bermoqda.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Unga ko‘ra, afv 136 kishiga daxl qiladi, shundan 98 kishi qamoqdan ozod etiladi.

Qayd etilishicha, afv etilganlarning 62 nafari taqiqlangan tashkilotlar vakillaridir.