Yaqinda Navoiy kon-metallurgiya kombinati Shimoliy kon boshqarmasida o‘tkazilgan tovar moddiy boyliklarni hisobga olish tekshirishlari jarayonida XIX—XX asrlarga tegishli zargarlik buyumlari topildi, deb xabar bermoqda NavoiToday.

Foto: NavoiToday

Shundan so‘ng noyob ashyolar Madaniyat vazirligi Badiiy ekspertiza bo‘limiga yuborilib, mutaxassislar xulosasi olindi. Unga ko‘ra zargarlik buyumlari badiiy va etnografik ahamiyatga ega. Ularning eng qadimgisi mang‘itlar tangasi bo‘lib, u 1885—1910-yillarda Buxoroda hukmronlik qilgan Abdulahadxon davrida zarb qilingan va tanganing yoshi qariyb 130 yilni tashkil etadi.

Nodir topilmalar bugungi kunda Navoiy shahridagi “Farhod” madaniyat saroyida ­­— NKMK tarixi muzeyida saqlanmoqda.