Farg‘ona viloyatida inson o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizjon Ermatov xabar berdi.
Joriy yilning 5-dekabr kuni soat 19:00 larda Bag‘dod tumani markaziy shifoxonasiga 1968-yilda tug‘ilgan fuqaro A.O. og‘ir tan jarohatlari bilan olib kelingan. Ko‘rsatilgan birinchi tibbiy yordamga qaramasdan A.O. shifoxonada vafot etgan.
Hodisa guvohlarining so‘zlariga qaraganda, 5-dekabr kuni soat taxminan 19:00 larda Bag‘dod shaharchasi Kumush tola ko‘chasi bo‘ylab Oltiariq-Bag‘dod yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan davlat belgisi 40 G 421 JA bo‘lgan “KamAZ” rusumli avtomashina yo‘l chetida mast holda yotgan A.O.ni bosib ketgan. Hodisa vaqtida yo‘l qalin tuman bilan qoplangan.
Hozirda hodisa yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.