O‘zA xabar berishicha, 2017-yil yanvar oyi boshlarida fuqaro A.Xolmatov (ismi sharifi o‘zgartirilgan) Sh.Rahimovaning farzandi N.Rahimov Andijon davlat tibbiyot institutiga o‘qishga kirmoqchiligidan xabar topadi.

U o‘zini Milliy xavfsizlik xizmati xodimi sifatida tanishtirib, go‘yoki o‘ziga berilgan vakolatdan foydalanib, DTM maxsus hisob raqamiga davlat boji to‘lash orqali N.Rahimovni o‘qishga kiritib qo‘yishini aytib, aldab, Farg‘ona shahrida Sh.Rahimovaning 6 ming 200 AQSh dollarini qo‘lga kiritib, pullarni o‘zining ehtiyoji uchun ishlatib yuboradi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona shahar sudida sudya Sh.Umarov raisligida A.Xolmatovga oid jinoyat ishi o‘rganilib, unga qonun doirasida jazo tayinlangan.