O‘zbekiston bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi 2019-yilda mamlakatning 200,4 ming fuqarosini xorijiy davlatlarda ishga joylashtirishni tashkil etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining muhokama uchun chop etilgan qarori loyihasida so‘z yuritiladi, deb yozadi “Gazeta.uz”.
Aholi bandligini ta’minlash va yangi ish o‘rinlarini tashkil etish dasturi doirasida kelgusi yilda 952,1 ming kishini ish bilan ta’minlash, jumladan, 413 mingta yangi ish o‘rni yaratish va 338,7 ming kishining bandligini ta’minlash belgilangan.
Qaror loyihasida 273,4 ming norasmiy bandlarni rasmiy bandligini (legallashtirish) ta’minlash ko‘zda tutilgan. 2021-yilga qadar rasmiy bandlik sektorini hozirgi 59,8 foizdan 65 foizgacha oshirish rejalashtirilmoqda.
Izoh (0)