Yevrokomissiya rahbari o‘rinbosari Andrus Ansip mavjud dalillarga asoslanib, Rossiyani Yevropada yolg‘on xabarlar tarqalishining asosiy o‘chog‘i deb topdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Foto: Flickr

Xabarga ko‘ra, stretegik kommunikatsiyalar bo‘yicha East StratCom Task Force operativ guruhi Yevroittifoqqa qarshi 4,5 mingdan ortiq holatni aniqladi.

2015-yil East StratCom Task Force tashkil topganidan so‘ng tashkilot 4,5 mingdan ortiq dezinformatsiyani tahlil qildi. Mavjud ishonchli dalillar mazkur dezinformatsiyalarning asosiy o‘chog‘i Rossiya ekanligini ko‘rsatmoqda.

Yevrokomissiya yolg‘on axborot tarqatishga qarshi kurash harakatlar rejasi doirasida East StratCom Task Force shtati va budjetini 2018-yil 1,9 million yevrodan 2019-yil 5 milliongacha oshirishni rejalashtirmoqda.

Reja tasdigi uchun 13—14-dekabr kunlari YeI sammitiga taqdim etiladi.