Genetikasi tahrirlangan birinchi bolalar dunyoga kelgani haqida ma’lum qilgan xitoylik olim Xe Szyankuy bedarak yo‘qoldi. Bu haqda “Tengrinews” xabar berdi.

Foto: Google Images

Hozir genetikning qayerdaligi noma’lum, mish-mishlarga ko‘ra u qo‘lga olingan. Shuningdek, u Shenchjendagi Janubiy ilmiy-texnologiya univesitetida uy qamog‘ida saqlanayotgan bo‘lishi ham mumkin. Ammo o‘quv muassasa bu xabarni tasdiqlamadi.

Xe Szyankuy o‘tgan haftada keng jamoatchilikka DNKsi modifikatsiyalangan chaqaloqlarning dunyoga kelgani haqida ma’lum qilgani uchun hamkasblari va hukumat tomonidan jiddiy tanqidlarga uchragan.

Xitoy Sog‘liqni saqlash va rejali tug‘ilish davlat qo‘mitasi bu ish yuzasidan tekshiruv boshlagan.