2018-yil 4-dekabr kuni soat 23:30 da Mirobod tumanida PPX xodimlari jinoyat sodir etganlikda gumonlanuvchi 41 yoshli B.Sh.ni qo‘lga oldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar bermoqda.

Foto: “Podrobno.uz”

Tekshiruv davomida ma’lum bo‘lishicha, qo‘lga olingan shaxs joriy yilning oktabr oyidan buyon Xorazm viloyatida qidiruvga e’lon qilingan. B.Sh. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasida (“Firibgarlik”) qayd etilgan jinoyat sodir etganlikda gumonlanadi. Qo‘lga olingach, B.Sh. Mirobod tumani IIO FMBga topshirildi.