Gruziya ichki ishlar vazirligi Tbilisida mamlakatning amaldagi prezidenti Georgiy Margvelashvilining kuyovi Mindiya Gogochurining qo‘lga olingani haqida xabar berdi, deb yozadi “Interfaks”.

Foto: Google Images

Qayd etilishicha, Gogochuri inson salomatligiga putur yetkazganlikda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan yana bir shaxs bilan birga qo‘lga olingan.

Ular noqonuniy ravishda qurol saqlaganlik va jinoyat haqida xabar bermaganlikda ayblanmoqda.

Gruziya prezidentining kuyovi bundan avval ham bir necha marta jinoiy ishlarga aloqador deb topilgan. Avvalroq, Tbilisida ikki marta unga hujum uyushtirilgan edi.

Joriy yilning iyul oyida u pichoqlangani sababli kasalxonaga yotqizilgan edi.