Soch to‘kilishi — sabablari, davolash, tashxislash, oldini olish

Soch to‘kilishi — sochlarning fiziologik yoki patologik to‘kilish jarayonidir. Patologik soch to‘kilishi sochning bir tekisda siyraklashishiga, ba’zi sohalarda qisman yoki umumiy siyraklik yoki to‘liq kallikka olib keladi. Soch to‘kilishining sabablari vitaminlar va mikroelementlar yetishmasligi, dorilarning nojo‘ya ta’siri, gormonal va yuqumli kasalliklar, stress, irsiyat, noto‘g‘ri soch parvarishi bo‘lishi mumkin. Ko‘pincha, bu sabablarni bartaraf etish sochning tiklanishiga olib keladi.

Soch to‘kilishi

Soch to‘kilishi tabiiy jarayondir. Har kuni kishi 60-100 tola soch yo‘qotadi. Odatda, yangi o‘sib chiqqan va to‘kilgan sochlarning soni bir xil darajada bo‘ladi, biroq ma’lum sharoitlarda sochning to‘kilgan miqdori ortib ketadi. Agar soch to‘kilishi umumiy xarakterga ega bo‘lsa, u kallikka olib kelishi mumkin.

Soch umrining o‘rtacha davmiyligi 7 yil bo‘ladi, dastlabki bosqichlarda u nozik va ingichka bo‘lib, keyinchalik faol o‘sa boshlaydi va bu davr 2-7 yil davom etadi. Keyin katagen faza, ya’ni to‘kilishga tayyorlanish bosqichi keladi va u 2-4 hafta davom etadi. Va nihoyat, soch to‘kilishi bosqichi keladi, u follikulaning (soch ildizi, soch xaltachasi) chuqur joylashganligiga qarab 3-4 oy talab qiladi. Shuning uchun tabiiy to‘kilishdan oshib ketgan soch to‘kilishi kuzatilgan bo‘lsa, unda sababini uch oy oldingi omillardan ko‘rish kerak.

Soch to‘kilishining sabablari va klinik ko‘rinishi

Ichki omillar

Kallik va soch to‘kilishining sabablari har xil bo‘lsa ham, har ikki holatda ham insonning sochlari katta miqdorda yo‘qotiladi. Soch to‘kilishining eng ko‘p uchraydigan sabablaridan biri tanadagi temir mikroelementining yetishmasligidir. Ayollar hayz paytida tabiiy oylik qon yo‘qotishlari tufayli ko‘pincha temir tanqisligi anemiyasidan aziyat chekishadi va uning birinchi klinik ko‘rinishi aynan tirnoq, teri va sochlarda seziladi.

Yuqori jismoniy faollik, muvozanatsiz parhez va ozish uchun qat’iy parhezlar anemiya (kamqonlik) rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Shu bilan birga, sochlar rangsiz, quruq va mo‘rt bo‘lib qoladi, anemiya davolanmasa, soch to‘kilish jarayoni faqatgina kuchayadi.

Stressli vaziyatlar va vegetativ asab tizimining buzilishlari bosh terisidagi tomirlarning torayishiga olib keladi. Uzoq cho‘ziladigan stress holatida tomirlar normal holatga qaytmaydi, bu esa sochlarning to‘kilishiga olib keladi, chunki soch follikulasi oziqlanishi yomonlashadi.

Tananing surunkali kasalliklari, ayniqsa endokrin kasalliklarga uchraganlar ko‘pincha sochlarning to‘kilishidan shikoyat qilishadi. Qalqonsimon bez kasalliklari, moyaklar polikistozi, pnevmoniya va sifilis (zaxm) kabi kasalliklar sochlarning to‘kilishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun muammo ko‘proq estetik bo‘lsada, shunga o‘xshash alomatlari bo‘lgan barcha bemorlar keng qamrovli ko‘rikdan o‘tishlari qilish kerak.

Tashqi omillar

Ba’zi dorilarni qabul qilish soch to‘kilishiga turtki bo‘ladigan nojo‘ya ta’sirga ega. Bunday ta’sirga ega dorilar taxminan yuzga yaqin, asosan, oral kontratseptivlar, antidepressantlar, gipotenziv va steroid preparatlar. Aspirin, zararsiz ko‘rinadigan bo‘lsada, doimiy qabul qilnishi natijasida ko‘pincha soch to‘kilishiga olib keladi.

Qomatni saqlash uchun o‘z tarkibida og‘ir metal tuzlari va selen saqlagan preparatlar sochlarga yaxshi ta’sir ko‘rsatmaydi va unday dorilar asosan ich suradigan ta’sir ko‘rsatgani uchun vitamin va minerallarning so‘rilishi buziladi. Shuning uchun bu holatda soch to‘kilishi og‘ir metal tuzlari bilan surunkali zaharlanish va anemiya bilan bog‘liq.

Sochni bo‘yash, kimyoviy o‘rash, sochni quritgich (fen) bilan keragidan ortiq quritish sochlarning to‘kilishiga olib kelishi mumkin. Uzoq muddat soch pariklar, ulama sochlar taqib yurish va sochlar yoki bosh terisi parvarishi vositalarini noto‘g‘ri qo‘llash turli muammolarga olib kelishi mumkin.

Sovuq mavsumda bosh kiyimlarini kiyganda sochga beparvolik qlish va kofein saqlagan ichimliklarni suiste’mol qilish boshdagi qon tomirlarning doimiy spazmiga olib keladi, bu esa soch follikulalaring yetarlicha oziqlanmasligiga sabab bo‘ladi.

Ko‘pincha, sochlarni ko‘chirib o‘tkazgan bemorlar ko‘chirib o‘tkazilgan sochlarning to‘kilib ketishiga e’tibor berishadi. Bu, tananing oddiy reaksiyasi, yangi joyga ko‘chirilgan follikullar, stressni boshdan kechirishadi va qisqa tanaffusdan keyin soch o‘sishda davom etadi.

Soch to‘kilishini davolash va sochlarni tiklash

Teri, tirnoq va sochning holati tananing ichki holatini aks ettiradi, shuning uchun sochlar to‘kilganda ushbu jarayonning birlamchi sababini bartaraf etish kerak. Davolash davomida sochga zararli ta’sir ko‘rsatuvchi omillar qo‘llanilmaslik kerak, masalan fen bilan quritish, sochlarni bo‘yash. Bundan tashqari, soch laki, muss va gellar ishlatish ham tavsiya etilmaydi.

“MinoX” losyon-spreyi quyidagi kompleks ta’sir kuchiga ega:

  • U digidrotestosteron ta’sirini kamaytiradi va yangi sochlar o‘sishi uchun omil bo‘ladi. Natijada bu losyonning qo‘llanishi follikula ichida metabolizmni faollashtiradi;
  • Tomirlarning kengayishi natijasida soch ildizlarini oziqlanishi yaxshilanadi, follikula normal sochlar paydo bo‘lishi uchun tayyor holatga erishgan holda kengayadi;
  • Sochlarning o‘sish fazasi (anagen) uzayadi, sochlarning hayoti davomiyligi uzoqroq bo‘ladi;
  • Sochlarning ko‘p qismi degradatsiya va tinchlik (telogen) fazasidan o‘sish fazasiga o‘tadi;
  • Sochlar follikulasining soni o‘sish va tinchlik fazasida muvozanati qayta tiklanadi.

Yordamchi ta’sir qiluvchi tarkibi:

  • Glitserin — yumshatish xususiyatiga ega. Terini yumshatadi. Sochlar strukturasini tiklanishiga omil bo‘la oladi;
  • Qichitqi o‘t ekstrakti — antiandrogen xususiyatiga ega, sochlarning qalinlashishi va pigmentatsiyasi (rang tiklanishi)ga omil bo‘ladi, to‘kilishdan ogohlantiradi.

Qo‘llanish holatlari:

  • Ota-onadan o‘tadigan soch to‘kilishida (androgenetik alopetsiya);
  • Gormonal o‘zgarishlardan kelib chiqadigan soch to‘kilishida (difuznaya alopetsiya);
  • Tug‘ruqdan keyin soch to‘kilishida;
  • Tashqi faktorlar ta’sirida soch to‘kilishida (kasallik davrida yoki har xil kimyoviy moddalarning sochga ta’sirida;
  • Boshqa har xil holatlar ta’sirida.

“MinoX” losyoni har xil dori preparatlar, ya’ni og‘ir yuqumli kasalliklar ta’sirida soch ildizlari o‘lganda hamda kundalik ozuqa tarkibida vitamin yetishmasligida soch to‘kilishining oldini ola olmaydi.

Agar soch to‘kilishi to‘satdan boshlangan va soch to‘kilishi aniq ko‘rinishiga ega bo‘lsa, darhol to‘kilishining oldini olish uchun “MinoX”ni qo‘llash muvofiqligini bilish maqsadida — iltimos, avval dermatolog shifokorga uchrashishingizni tavsiya qilamiz.

“MinoX 2” — ayollar uchun losyon-sprey:

Tarkibida ayollar uchun eng ma’qul barcha moddalar to‘yinmasiga ega. Sochlarni to‘kilishini kamayishi va o‘sishiga yordam berish uchun tavsiya etilgan.

“MinoX 5” — erkaklar uchun losyon-sprey:

Tarkibida erkaklar uchun eng ma’qul barcha moddalar to‘yinmasiga ega. Erkaklarning har xil turdagi soch to‘kilish yoki kamayishini oldini olish uchun tavsiya etiladi. Erkaklarning soch to‘kilishini davolash uchun erkaklarda soch o‘sishi xususiyatlarini inobatga olgan holda ishlab chiqarilgan.

Qo‘llash kursi:

MinoX” losyon-spreyi faqatgina tashqi qo‘llanish uchun ishlab chiqilgan. Uni 1 ml dozada sutkasiga 2 marta, ya’ni ertalab va kechqurun, quruq bosh terisiga 6—7 marta flakon ustidagi qopqog‘iga bosib, soch to‘kilgan joylarga sepib, qo‘l barmoqlari yordamida 1 daqiqa surtiladi.

Misol uchun, ertalab boshingizni yuvib, 15 daqiqadan keyin, bosh terisi quriganidan so‘ng “MinoX” losyonini surtasiz va ishingizga borasiz, ishdan kelganingizda boshni yuvmasdan “MinoX” losyonini yana surtasiz va ertalabgacha yuvmaysiz. Har kun shunday rejimdan foydalanasiz.

“MinoX” bosh terisida 30 daqiqada quriydi — yuvish zarur emas. Qo‘llanish davomiyligi 5—6 oydan kam bo‘lmasligi kerak. Bu muddat sochlarning to‘kilishini kamayishi va yangi sochlar o‘sib chiqishi uchun yetarli deb hisoblanadi. Qo‘llash kursini har 6 oyda qaytarish mumkin.

Agar soch to‘kilishining sababi aniqlanmagan yoki uning oldini olishning imkoni yo‘q bo‘lsa, ya’ni androgen alopetsiya — ota-onadan, avloddan avlodga o‘tgan soch to‘kilishida “MinoX”ni har doim qo‘llab borish tavsiya etiladi.

Ota-onadan, avloddan avlodga o‘tgan soch to‘kilishi davolashda “MinoX” losyonidan foydalanib, sochingizning umrini uzaytirasiz. Agar sochingizning ildizi qurib o‘lmagan bo‘lsa, 4—6 oyda sog‘lom o‘sishni boshlaydi. Lekin bu vaziyatda losyonni qo‘llash to‘xtatilsa, soch avvalgi holatiga qaytib, yangi o‘sib chiqqan sochlar to‘kilib ketish ehtimoli bor.

Agar sochingizning ildizi qurib qo‘lgan bo‘lsa, 4—6 oyda natija bo‘lmasa, “MinoX” ishlatishni to‘xtatasiz. Agar soch to‘kilishi va yaralishi turg‘un xarakterga ega bo‘lsa, losyonni har doim qo‘llash yoki uzoq muddatli kurslar olib borilishi natijasida sochlarning davomiy o‘sib chiqishini ta’minlaydi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

FacebookOdnoklassnikiInstagramTelegram

Reklama huquqi asosida