2018-yil 1-dekabr kuni Filippin poytaxti Manila shahrida Osiyo tennis federatsiyasining yillik kongressi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston tennis federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: O‘zbekiston tennis federatsiyasi

Marosimda Xalqaro tennis federatsiyasi prezidenti Devid Haggerti faxriy mehmon sifatida qatnashdi. Tadbir davomida O‘zbekiston tennis federatsiyasiga “Jahon tennisi rivojlanishidagi ulkan rivojlanish uchun” maxsus mukofotini topshirildi.

Shuningdek, O‘zbekiston tennis federatsiyasi prezidenti Rustam Inoyatov “O‘zbekiston tennisining rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasi va tennisga ko‘p yillik sadoqati uchun” maxsus mukofoti bilan taqdirlandi.