Tojikiston aholisi Yangi yil bayram kunlarida atigi bir kun dam oladi: “Bayram kunlari to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra, Yangi yil bayram kunlarida faqat 1-yanvargina dam olish kuni hisoblanadi, deb yozadi “ASIA-Plus”.
O‘zbekiston aholisining bu borada ko‘proq omadi chopdi: Yangi yil sharafiga o‘zbekistonliklar ketma-ket besh kun — 2018-yilning 30-dekabridan 2019-yilning 3-yanvarigacha dam oladi. Qo‘shimcha dam olish kunlari joriy etilganligi sababli ikki shanba — 2018-yilning 29-dekabr va 2019-yilning 5-yanvar kunlari ish kuni bo‘ladi.
Qozog‘iston aholisi Yangi yilda to‘rt kun dam oladi. Qozog‘istonliklar 30-dekabrdan dam olishni boshlaydi. 31-dekabr, 1 va 2-yanvar kunlari ham bayram kunlari hisoblanadi.
Qo‘shni Qirg‘izistonda ham to‘rt kun — 30-dekabrdan 3-yanvargacha dam olish kunlari hisoblanadi. Turkmanistonda ham Tojikistondagi kabi Yangi yilda atigi bir kun — 1-yanvar kuni dam olishadi.
Eslatib o‘tamiz, “2019-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi Prezident farmoni imzolanganligi haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)