GM Uzbekistan kompaniyasi “Rosstandart”ning Rossiyada 5219 dona Ravon Nexia R3 avtomobili ta’mir uchun qaytarib olinishi haqidagi axborotiga rasmiy izoh berdi, deb yozadi “Podrobno.uz”.

Foto: “Podrobno.uz”

Kompaniyadan ma’lum qilishlaricha, faqat Rossiyada sotilgan va foydalanilayotgan R3 modellari qaytarib olinadi.

“Chiqarish shlangining joyidan qo‘zg‘alish ehtimoli Rossiya iqlimi sharoitlarida qish vaqtidagi past haroratda foydalanish xususiyatlari bilan izohlanadi”, — deyishdi Ravon Motors Rus vakolatxonasida.

Avvalroq mashinalarda gidravlik suyuqlik sizishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan nosozlik ehtimoli aniqlangan edi.

Transport vositalarida rul boshqaruvi tizimidagi shlangga ikki qo‘shimcha xomut o‘rnatiladi. Barcha ta’mirlash ishlari bepul amalga oshiriladi.