Buyuk Britaniya razevdka xizmati MI 5 maxsus xizmatlar xodimlari va harbiylarni mamlakat hududidagi Rossiya diplomatlariga nisbatan hushyorlikni oshirishga chaqirdi. Bu haqda The Daily Mirror xabar berdi.

Foto: The Daily Mirror

Xabar berilishicha, idoraning maxfiy hujjatida Rossiya elchixonasining diplomatik avtomobillari raqamlari keltirilgan va ular ortidan kuzatuv qo‘yish taxmin qilinmoqda. Mashinalarning har qanday harakati va har safar biror joyga borganda salonda bo‘ladigan kishilar soni yozib boriladi.

MI 5 tomonidan qayd etilishicha, joriy yilning mart oyida 23 nafar rossiyalik diplomatning mamlakatdan chiqarib yuborilishi “Kremlning ma’lumot yig‘ish bo‘yicha imkoniyatlariga jiddiy zarba bergan”. Idoraning fikricha, endi Rossiya TIVning mamlakatda qolgan xodimlari josuslikda  ishtirok etishi mumkin.