AQShning yana bir harbiy xizmatchisi Amerikaning ikkita harbiy samolyoti to‘qnashgan joydan topildi. Bu haqda “Exo Moskvi” xabar berdi.

Foto: Google Images

Uning ahvoli haqida ma’lumot yo‘q. Avvalroq AQSh harbiy havo kuchlari yetti nafar ekipaj a’zolaridan biri qutqarilgani haqida xabar bergandi. Qolganlarining qidiruv ishlari davom etmoqda.

“Bombardimon-qiruvchi va harbiy yoqilg‘i quyuvchi samolyot Yaponiyaning Sikoku qirg‘oqlarida to‘qnashgan. Ehtimol to‘qnashuv yoqilg‘i quyilayotganda sodir bo‘lgan”,— deyiladi xabarda.

Yaponiya qidiruvga qirg‘oq qo‘riqlash xizmatining oltita kemasini va birta samolyot yo‘naltirgan.