Joriy yilning 1-oktabridan 1-dekabrigacha Adliya vazirligi tomonidan bir qator xalqaro tashkilotlarning O‘zbekistondagi vakolatxonalari bilan hamkorlikda mamlakatda ilk bor o‘tkazilgan “Biz korrupsiyaga qarshimiz” megatanlovi g‘oliblari taqdirlandi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Foto: Adliya vazirligi matbuot xizmati

To‘rtta nominatsiya, ya’ni “Eng yaxshi jurnalistik material”, “Eng yaxshi blogpost”, “Eng yaxshi ijtimoiy rolik”, “Eng yaxshi insho” yo‘nalishlarida o‘tkazilgan tanlovda quyidagilar g‘olib bo‘ldi:

Megatanlovning “Eng yaxshi jurnalistik material uchun” nominatsiyasi g‘oliblari:

1-o‘rin: Bahodirova Aziza Isroilovna – “Na postu” gazetasida chop etilgan “Nachinayetsya vse odinakovo” tahliliy maqolasi uchun (sovg‘a – Samsung Galaxy S9 smartfoni);

2-o‘rin: Fayziyeva Xolida Ahmadjonovna – “Hurriyat” gazetasida e’lon qilingan “Qush falsafasi. Hatto go‘rkov ham ta’magir” nomli tahliliy maqolasi uchun (sovg‘a – Notebook);

3-o‘rin: Arslonov Adham Bozorovich – “Mahalla” telekanalidagi “Fikrlar chorrahasi” teledasturi uchun (sovg‘a – televizor).

“Eng yaxshi blogpost uchun” nominatsiyasi g‘oliblari:

1-o‘rin: Yo‘doshev G‘ayrat Asatovich – ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan “Ikki qo‘ldan chiqayotgan qars”, “Mantiqsiz mantiqlar”, “Korrupsiyani urchitayotgan imtiyozlar” kabi turkum blogpostlari uchun uchun (sovg‘a – Samsung Galaxy S9 smartfoni);

2-o‘rin: Qurbonova Aziza Abdusabitovna – “O‘zi nima gap?” loyihasi uchun (sovg‘a – Notebook);

3-o‘rin: Jabborov Fozil Farhodovich – “Chidagin bolam-a, chidagin!” blogposti uchun (sovg‘a – televizor).

Oliy o‘quv yurtlari talabalari o‘rtasida “Eng yaxshi insho uchun” nominatsiyasi bo‘yicha taqdirlangan g‘oliblar:

1-o‘rin: Hamroqulov Sindor Bobomurod o‘g‘li – Toshkent davlat yuridik universiteti magistranti (sovg‘a – Samsung Galaxy S9 smartfoni);

2-o‘rin: Qalbayeva Zulqumar Pulatboyevna – Berdaq nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat universiteti talabasi (sovg‘a – Samsung Galaxy S9 smartfoni);

3-o‘rin: Qurbonov Davronbek Mamadiyor o‘g‘li – Navoiy davlat pedagogika universiteti talabasi (sovg‘a – televizor).

Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari o‘rtasida “Eng yaxshi insho uchun” nominatsiyasi bo‘yicha taqdirlanganlar:

1-o‘rin: Yusufjonova Mashhura Baxtiyor qizi – Namangan viloyati Chust tumanidagi 3-maktabning 10-sinf o‘quvchisi (sovg‘a – Samsung Galaxy S9 smartfoni);

2-o‘rin: Mamadiyorova Hilola Erkiyor qizi – Toshkent viloyati Bekobod yengil sanoat va xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kolleji o‘quvchisi (sovg‘a – Notebook);

3-o‘rin: Abduhakimova Mahliyo Faxriddin qizi – Navoiy davlat konchilik instituti akademik litseyi o‘quvchisi (sovg‘a – televizor).

Shuningdek, “Eng yaxshi insho” yo‘nalishida g‘olib bo‘lgan ishtirokchi tahsil olayotgan Namangan viloyati Chust tumanidagi 3-maktab moddiy texnik bazasini yaxshilash maqsadida, ushbu maktabga 10 million so‘m miqdorida mablag‘ taqdim etildi.

Adliya vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Biz korrupsiyaga qarshimiz” megatanlovining oliy sovrin g‘olibi, deya Rahim Mirmanov “Bolalarning yangi o‘yini” nomli ijtimoiy rolik uchun (sovg‘a – iPhone X smartfoni) taqdirlandi.

Ikki oy davom etgan mazkur tanlovda ishtirok etish uchun 56 ta jurnalistik material, 89 ta blogpost, 8 ta ijtimoiy rolik taqdim etilib, materiallar hakamlar hay’ati tomonidan tanlov nizomida belgilangan mezonlar asosida ko‘rib chiqildi va baholandi.

2018-yilning 6-dekabr kuni Toshkent shahrida yuqorida nomlari qayd etilgan tanlov g‘oliblarini taqdirlash bo‘yicha tadbir tashkil etildi.