2019-yil 5-yanvaridan Birlashgan Arab Amirliklarida futbol bo‘yicha Osiyo Kubogi musobaqasi boshlanadi. OFK mazkur musobaqada ishlaydigan hakamlar ro‘yxatini e’lon qildi.

Ravshan Ermatov. Foto: thetimes.co.uk

Ravshan Ermatov. Foto: The Times

Unga ko‘ra, OFK 19 ta hududdan 60 nafar hakamni o‘yinlarda ishlashga taklif qilgan. O‘FA matbuot xizmati xabariga ko‘ra, O‘zbekistondan Osiyo Kubogi bahslarida ishlash uchun 5 nafar hakam taklif etildi.

Ular quyidagilar:

  • Ravshan Ermatov (Bosh hakam)
  • Valentin Kovalenko (Bosh hakam)
  • Ilgiz Tantashev (Bosh hakam)
  • Jahongir Saidov (Yordamchi hakam)
  • Abduhamidullo Rasulov (Yordamchi hakam)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

Kanalga qo‘shilish uchun: @Daryo_sport