Assalomu alaykum, Hurmatli investorlar, Trederlar va Brend egalari!..

Bugun “Mangu Innovation” platformasi faoliyat yuritayotganiga juda ham qisqa muddat: 277 kun bo‘ldi. Shu vaqt oralig‘ida loyiha ta’sischisi “Aql egalari MChJ” xodimlari tom ma’noda innovatsiya deya e’tirof etilayotgan ushbu g‘oyani yanada ommalashtirish, keng jamoatchilikka foydali, qulay va sevimli tizimga aylantirish yo‘lida bosqichli ishlarni amalga oshirdi va bugungi kunda ham ushbu jarayon davom etmoqda.

Hurmatli aktiv egalari!..

Xabaringiz bor: avvalgi narx o‘zgarishidan so‘ng Baza har uch daqiqada bir dona aktiv sotish tizimiga o‘tdi. Ikki oylik vaqt davomida aktiv talabida bo‘lgan ishtirokchilar sezilarli darajada o‘sdi. “Mangu”chilar safiga investor sifatida yana besh yuzta ishtirokchi qo‘shildi.

Ammo shunday bo‘lsa ham sinov tariqasida qo‘llanilgan “Ichki narx”dagi sotuv summasi o‘zini yetarlicha oqlamadi. Avvalgi “Sotuv kunlari”dan qaytgan 28 mingdan ziyod aktivning atigi 48 foizi “Ichki narx”da tranzaksiya qilindi.

Bundan tashqari, avvalgi hisobotimizda taxmin qilgan – sotilib ketishi kutilgan 81144 dona pikseldan esa 15000 tasi yangi uch nafar “Treder”ga sotilib, Brendlar safi esa o‘zgarishsiz qoldi. Ushbu piksellar sotuvidan tushgan sof foydaning 75 foizi joriy narxni imkon qadar o‘zida saqlab qolish va o‘zgarishiga yo‘naltirildi.

Rasman tan olingan Trederlar soni bugun to‘rt nafarni tashkil etmoqda. Ular:

Trader№1 Sherzod Abdullayev ID: A3403

Trader №2 Abdullo Abdusamatov ID: A4118

Trader №3 Farangiz Jumaboyeva ID: A4670

Trader №4 Ohunjon Otaboyev ID: A3352

Diqqat!..

Elektron aktivlar bilan savdo qilishni istagan Brendlar sonini ko‘paytirish, platformani yanada takomillashtirish maqsadlarida, ko‘pchilikning talabiga binoan, endilikda tadbirkorlikning istalgan turi bilan shug‘illanuvchi O‘zbekiston Respublikasi rezidenlariga, innovatsiyamizdan 100 donadan boshlangan piksel sotib olib ham o‘n yillik reklama va aktivlar bilan savdo qilish imkonini taqdim etamiz. Brendlar safini kengaytirish yo‘lida xodimlarimiz tomonidan tashviqot ishlari muntazam olib borilmoqda. Yirik kompaniyalar bilan imzolanishi kutilayotgan shartnomalarimiz esa yil yakuni bo‘lgani bois bir oz cho‘zilmoqda. Oktabr oyida aktyor Alisher Usmanov bilan imzolanishi ko‘zda tutilgan Trederlik bitimining ikkinchi tomon qo‘ygan qo‘shimcha shartlari ko‘payib ketgani bois “Aql egalari MChJ” tomonidan rad etildi.

Yana bir muhim xabar: endilikda jismoniy shaxs sifatidagi Investorlar uchun aktiv sotib olish chegarasi 1000 donaga tushirildi.

Aloqa markazimizga kuniga o‘nlab qo‘ng‘iroqlar orqali berilayotgan savolning batafsil javobini e’lon qilishdan avval bir narsani eslatib o‘tmoqchimiz: “Mangu Innovation” platformasi kimlarningdir evaziga kimlarningdir naqd pul mablag‘larini ko‘paytirib berish, “birining do‘ppisini birisiga kiydirish“ hisobiga jamoatchilik o‘rtasida abataj uyg‘otish uchun ishlab chiqarilmagan.

Dunyo iqtisodiyotining kelajagi, pul va bank-kredit munosabatlari kelgusida raqamli shaklga o‘tishini ko‘ra olgan holda chinakam innovatsiya sifatida ish boshlagan “Mangu Innovation” Brend va xaridor o‘rtasidagi mislsiz foyda keltiruvchi interfaol reklama uslubidir. Agar Siz bugun bir dona qo‘l telefoni o‘rniga 100 dona aktiv sotib olgan bo‘lsangiz, “Mangu” narxi ko‘tarilganida marhamat qilib o‘sha mahsulotning ikkitasini shu pulingizga sotib oling. Aktivlar Bizda joylashgan Brendlarning mahsulot va hizmatlariga ayribosh qilinganida maqsadlarimizga yetayotgan bo‘lamiz.

Ammo innovatsiyamizning reklama uslubi bo‘lgan aktivlarni naqdlashtirib berish imkoniyatini ba’zilar noto‘g‘ri talqin etishmoqda.

Shu munosabat bilan 72 soatga start berilgan ushbu “Sotuv kunlari”ning qoidalari bilan yaxshilab tanishib, so‘ngra unda ishtirok etishingiz mumkin.

14-oktabr kun oxirigacha sotib olingan, tranzaksiyada qabul qilingan aktivlar ushbu “Sotuv kunlari”da ishtirok etishi mumkin.

Har bir investor “Sotuv kunlari” davomida Bazaga faqatgina bir marotaba aktivlarini sotib ishtirok etishi mumkin. (Nechta aktivni Bazaga qayta sotmoqchi bo‘lsangiz, yaxlit qaror qabul qiling).

Bank xizmatlari va elektron o‘tkazma harajatlarini inobatga olib, divident va’da qilinmaganlik mutlaq huquqidan foydalanib, kursni mo‘tadil saqlab qolish va tabiiy o‘sishini taminlash uchun “Mangu Innovation” ravnaqi va kelajagini o‘ylagan holda pulni plastik kartaga tushirib berishda hizmat haqi umumiy summadan 5% etib belgilandi. (*Ushbu foiz miqdori keyinchalik tranzaksiyalar hajmiga ko‘ra 1%dan 10%gacha miqdorda muntazam o‘zgarib borishi mumkin).

Aktivlarni sotib olishdagi chegara 1000 taga tushirilishi munosabati bilan har bir investor Bazaga faqat 1000 tagacha bo‘lgan aktiv sotishi mumkin. (*Baza taklifiga ko‘ra kelishuv asosida chegaradan ortiq aktiv ham sotib olinishi mumkin).

Eslatib o‘tamiz, kurs 79%gacha ko‘tarilishi uchun asosan tadbirkorlik subektlari va Brendlarga 81144 ta zahira piksellari va “Ichki narx”dagi zahira aktivlarining barchasi sotilib ketishi kerak edi. Bu haqida avvalgi hisobotda ham aytib o‘tganmiz. Vaholanki, o‘tgan ikki oy davomida 15000 dona piksel va 12229 dona zahira aktivlari sotildi xolos. Ammo o‘tgan ikki oy davomida aynan shu soha mutaxassislari tomonidan loyihaga bo‘lgan e’tibor va qiziqish har doimgidan ham ko‘proq bo‘ldi.

Shu munosabat bilan bugundan e’tiboran narx 25%ga ko‘tarilib, 1 Mangu kursi 5070 so‘m etib belgilandi. Shunda aktivlarini sotmoqchi bo‘lganlardan 5% hizmat haqi ushlab qolinib, 4816 so‘mdan pul tushirib beriladi.

Eslatib o‘tamiz: “Mangu Innovation”da narx 1000 so‘mgacha tushishi ham mumkin. O‘sib borish darajasiga esa chegara qo‘yilmagan.

Ushbu sotuv kunlarida Trederimiz ham ishtirok etish istagida. Aktivini qayta sotmoqchi bo‘lganlardan Baza vositachiligida ular ham sotib olishlari mumkin. Keyinchalik “Sotuv kunlari” doimiy ochib qo‘yilib, “Oldi-sotdi”, “Tranzaksiya” jarayonlari 10 nafar Treder bilan uzluksiz davom etib boradi.

Loyiha Startap bo‘lgani, platformaning yaxlit shabloni mavjud emasligi sabab texnik ishlar yana bir oz cho‘zilmoqda. Shu sababli ushbu sotuv kunlari ham avvalgi tartibda o‘tkaziladi: 15-oktabrgacha sotib olgan, tranzaksiyada qabul qilib olgan aktivlaringizni faqatgina bir marta so‘rov yuborish orqali naqdlashtirib olishingiz mumkin: innovatsiya2018@mail.ru” manziliga quyidagi tartibda xabar yuboring. (Summa qabul qiluvchi karta o‘z nomingizda bo‘lishi shart).

Namuna:

“Abdullayev Abdulla Asror o‘g‘li. 01-oktabrdagi to‘lov shartnomasiga muvofiq 1000M sotaman. 860012345678ID:A5555. ”

Shundan so‘ng Baza tomonidan sotmoqchi bo‘lgan aktivlaringiz munosibligi 72 soat ichida tekshirilib, Sizga “Aktivlarni ID:A.... hamyoniga o‘tkazing” degan xabar keladi. Bu Treyderlar ID raqami bo‘lishi ham mumkin. Aktivlaringizni tranzaksiya qilganingizdan so‘ng esa 24 soat ichida summa tushirib beriladi.

Investor aktivlarni 15-oktabrdan keyin sotib olgani yoki tranzaksiyada qabuli aniqlansa, “So‘rov rad etildi. Savollar yuzasidan Aloqa markaziga qo‘ng‘iroq qiling” mazmunidagi xabar keladi.

Eslatib o‘tamiz, bir ishtirokchi sotuv jarayonida bir marta ishtirok etadi. Keyingi so‘rovlari inobatga olinmaydi. Aktivlaringizni bir to‘htam asosida soting!..

“Mangu Innovation” katta qiyinchilik va masuliyat, yechimi topilishi oson kechmayotgan texnik sabablar, yengib o‘tilishi murakkab marketing to‘g‘onlari orasida ham o‘tgan sakkiz oy davomida 500% natija ko‘rsatdi!!!

Tadbirkormisiz?! Brendingiz kelajagini Bizga ishoning!

Hayotga yangicha nigoh tashlashni sevasizmi?! 5070 so‘m bilan investorga aylaning!..

“Mangu Innovation” bilan Siz taraqqiyotda bir qadam oldindasiz!..

Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Bahodir ko‘cha 44-“A” uy.

Mo‘ljal: Rakat mahalla, “Bellajo” restorani.

O‘zbekistonda ilk bor kriptovalyuta(crypto- cirli, yashirin.ing.)lardan farqli, blokcheyn-fermalarga ega emas maxsus dasturga asoslangan, shaxsiy ma’lumotlar ochiqligi asosida harakatlanuvchi, xavfsiz, huquqiy kafolati aniq, yangicha kristavalyuta(crystal-shaffof.ing.) tizimini mahalliy sharoitda sinovdan o‘tkazish maqsadida.

“Aql egalari MChJ” Guvohnoma №000245 Reyestr№3655

“Mirzo Ulug‘bek Innovation Center”ning 2018-yil 30-apreldagi Guvohnomasi №000317

Uzluksiz aloqa markazi: 71 200-87-88,

Ofis: 97 343-08-88.

Telegram

Instagram

Facebook

“Mangu Innovation” ishtrokchisining o‘z kanalidagi fikrlari. (tahrirsiz chop etildi).

Alimardon SABRALIYEV:

Mangu nima ozi?

Mangu, Mangu.uz asoschilari bergan ta‘rifga ko‘ra, kristovalyuta. (Kristavalyuta deb atalishiga sabab, fikri ojizimcha, Mangu aktivlar aylanishi jarayonining shaffofligi). Mangu bu “Aql Egalari” MChJ tomonidan sotuvga chiqarilgan obligatsiyalar bo‘lib, Mangu.uz innovatsion reklama platformasining “benzini” hisoblanadi.

Mangu.uz loyihasining maqsadi nima o‘zi?

Mangu.uz loyihasining asosiy faoliyat turi innovatsion reklama xizmati hisoblanadi. Bunda, Mangu.uz saytida reklama uchun joy yuridik shaxslarga sotiladi. Buning ortidagi marketing strategiyasi shundan iboratiki, har bir investor Mangu aktivlariga investitsiya qilganidan so‘ng, investitsiya holatini tekshirish maqsadida qayta-qayta saytga tashrif buyuradi, va shu tashriflar mobaynida, bevosita, saytga yuridik shaxslar tomonidan joylashtirilgan reklamalarga ko‘zi tushadi.

Mangu aktivlari qonuniymi?

Mangu.uz saytidagi ma‘lumotga ko‘ra, Mangu.uz platformasi №3655 Guvohnoma raqami bilan 2014-yil ro‘yhatga olingan “Aql egalari” MChJ tomonidan boshqarilib, “Mirzo Ulugbek Innovation Center” tomonidan № 00317 Guvohnoma asosida loyiha ro‘yhatga olingan.

Mangu aktivlarini sotib olib, foyda olish mumkinmi?

Savolga javob berishdan oldin, Mangu.uz telegram chatlarida ko‘p qo‘llanilayotgan Piksel va Aktiv o‘rtasidagi farqlarni bilib olaylik.

- Piksel bu Mangu.uz platformasidagi tanga ko‘rinishidagi joyning ma‘lum qismi. Mangu.uz saytidagi ko‘rishingiz mumkin bo‘lgan tanga ko‘rinishidagi joy jami 1,017,125 ta pikseldan iborat. Har bir sotib olingan piksel egasiga 10 yil muddatga beriladi. Kuzatishimcha, piksellar asosan yuridik shaxslar tomonidan reklama joylashtirish maqsadlarida sotib olinmoqda. Bundan, tashqari, ayrim jismoniy shaxslar ham reklama joylashtirish orqali daromad olish maqsadida piksellar sotib olishmoqda ( masalan, Treyderlar).

- Aktiv bu asosan jismoniy shaxlar uchun investitsiya vositasi hamda elektron pul alternativi hisoblanadi. Aktiv egalari hech qanday dividend olmagan holatda, aktivning belgilangan “Sotuv kunlari”dagi narx o‘zgarishlari orqali daromad olishmoqda. Aktiv orqali ayrim tovarlarga to‘lovlarni amalga oshirish allaqachon boshlab yuborilgan. Aktivlarning umumiy soni ham, huddi piksellarniki kabi, 1,017,125 ta etib belgilangan.

- Piksel va aktivlar bir xil narxda sotuvga chiqariladi.

Ana endi, savolga javob berishga kelsak. Mangu.uz ning aksariyat investorlari jismoniy shaxslar hisoblanib, ular aktivlarga investitsiya qilish orqali daromad ko‘rmoqdalar. Ma‘lumot o‘rnida shuni aytib o‘tish kerakki, 2018-yilining mart oyida, bir mangu narxi 1,000 so‘m etib, sotuvga qo‘yilgan bo‘lsa, bugunga kelib, talabning keskin oshishi natijasida, bir mangu narxi 4056 so‘mga ko‘tarildi. 5-6-7-dekabrda kutilayotgan navbatdagi “Sotuv kunlarida” mangu narxi 79%gacha yoki 7260 so‘mgacha oshishi kutilmoqda. Eslatib o‘taman, bu prognoz aniq amalga oshishiga hech kim kafolat bermaydi va Mangu 1,000 so‘m nominal narxgacha tushib ketishi ham mumkin. Yuqori darajadagi talabni hisobga olib fikr bildiradigan bo‘lsam, Mangu narxi tushishidan ko‘ra ko‘tarilishining ehtimolligi yuqoriroq.

Mangu’larni qanday qilib sotib olsam bo‘ladi?

Mangularni 4-xil yo‘l bilan sotib olishingiz mumkin.

1) Mangu.uz saytida ro‘yhatdan o‘tganingizdan so‘ng, sizga maxsus ID raqam taqdim etiladi. Undan so‘ng, PayMe mobil ilovasida ko‘rsatilgan Mangu qismi orqali sotib olishingiz mumkin. Bunda Siz o‘z ID raqamingiz hamda investitsiya qilmoqchi bo‘lgan summangizni kiritishishingiz kifoyda. Lekin, bu yo‘l bilan sotuvda Mangu‘lar bo‘lsagina aktiv sotib olishingiz mumkin. Sotuvda nechta borligini Mangu.uz saytidagi “Sotuvdagi Aktivlar” qismi orqali bilib olishingiz mumkin. Sotuvga har 3 minutda bitta aktiv qo‘yiladi.(Odatda sotuvda 0 ta aktiv turgan bo‘ladi, agar -1 ta aktiv turgan bo‘lmasa). Bu yo‘l orqali siz bir Mangu’ni 4056 so‘m narxda sotib olishingiz mumkin. Huddi shu sababli, bu yo‘l bilan Mangu sotib olishga talab juda ham yuqori.

2) Mangu’larni siz “Ichki Narx” asosida ham sotib olishingiz mumkin. Bu yo‘l birinchi yo‘lga nisbatan ancha qulay va tez bo‘lib, bu yo‘l orqali siz bir yo‘la 3000 tagacha aktiv sotib olishingiz mumkin. Hozirga kunlarda “Ichki narx”bir Mangu uchun 4500 so‘m etib belgilandi. Bu yo‘l bilan sotib olish haqida batafsil ma‘lumotni, Mangu.uz saytidan olishingiz mumkin.

3) Mangu’larni Treyderlar xizmatidan foydalangan holatda ham sotib olishingiz mumkin. Bu yo‘l ham 2-yo‘l bilan deyarli bir hil bo‘lib, treyderlar ham odatda mangularni ichki narx (4500 so‘m) dan sotishmoqda. Treyderlar narxlarni belgilashda mustaqil hisoblanganligi sababli, vaqti-vaqti bilan aksiyalar o‘tkazib turishadi. Treyderlar faoliyatiga Mangu.uz to‘liq mas‘uliyatni o‘z bo‘yniga oladi (Yani ulardan sotib olish ham ishonchli).

4) Mangu’larni sotib olishning yana bir usuli, manguning boshqa investorlari bilan o‘zaro kelishgan holda, ulardan mangu sotib olishingiz mumkin. Bu usul orqali mangu sotib olishning o‘ziga yarasha risklari bo‘lib (Siz pul bergan odam mangularni sizga o‘tkazib bermasligi mumkin, yoki aksincha) , Mangu.uz bu risklarga hech qanday javobgarlikni o‘z bo‘yniga olmaydi.

Mangu’larni sotib oldim ham deylik, endi ularni qanday qilib sotaman?

Mangu’larni sotishning ham bir necha yo‘llari mavjud.

1) Belgilangan “Sotuv kunlari”da siz Mangu’larni yangi o‘zgargan narx bo‘yicha Mangu.uz’ga qayta sotishingiz mumkin. Sotish aynan qanday amalga oshirilishi haqida to‘liq ma‘lumot odatda sotuv kunlarida e‘lon qilinadi.

2) Treyderlarga mangularni istalgan vaqtda treyderlar belgilagan narx asosida sotishingiz mumkin. Hozirda treyderlar mangularni 3800 so‘mdan olishmoqda, adashmasam.

3) Boshqa investorlar bilan o‘zaro kelishuv asosida ularga sotishingiz mumkin.

O‘zi jami nechta Mangu bor?

Mangu’larning jami miqdori 1017125 ta etib belgilangan va bundan ortiq bir dona ham Mangu emissiya qilinmaydi. Hozirda har uch daqiqada 1 ta Mangu sotuvga qo‘yilmoqda. Yani taklif cheklangan. 01.12.2018 holatiga ko‘ra shu Mangu’larning 18%igina emissiya qilinib, sotib bo‘lindi.

Telegram

Kanal

ManguChat1

Vebinar

“Mangu Innovation” - kelajak innovatsiyasi!..

Kelajak esa Biz bilan!

Reklama huquqi asosida