“Dizaynning natijasiga uchta javob bor – ha, yo‘q va vo ajab!

“Vo ajab” – shu natijaga intilish kerak. “New York Magazine” jurnalining asoschisi Amerikalik grafik dizayner Milton Gleyzer gapi bo‘yicha odamzod intilgani – bu estetik go‘zallik va hayotning har bir aspektining funksionalligi bo‘ladi. Dizayn uchun yechim yaratib beruvchi kompaniyalar, har kuni bizning realligimizni, ergonomik yechim yaratish orqali o‘zgartiradi. Ular orasida PVX profil tizimlarini ishlab chiqaradigan, EKOPEN kompaniyasi bor. 10 yil davomida korxona, deraza kompaniyalariga PVX zamonaviy derazalarni yig‘ib chiqarishi uchun, Ekopen eshik va derazalar profilining tizimini, furnitura, steklopaketlar uchun komplektasiyalar, o‘rnatish uchun materiallar, texnologik uskunalarning to‘liq spektrini yetkazib beradi.

Korxona bir joyda turmaydi va muntazam ravishda ishlab chiqarishga yangi texnologiyalarni joriy etadi, hamda mahsulot assortimentida trendga oid takliflarni yaratadi.

Arxitektura va interyerlar dizaynining so‘nggi tendensiyalari asosida, EKOPEN mutaxassislari tomonidan Titanium yangi ranglar yechimlari yaratildi.

Mazkur ranglar qatori, dizayner yechimlariga kengroq nazar solishga imkon beradi. Klassika yog‘och to‘qimalaridan tashqari, bugungi kunda mashhur Hitech va loft stillari uchun variantlar mavjud. “Titanium Line”, “Titanium Silver”, “Coal Grey” ranglar xonaning stilida aksentlarni qo‘yadi va kerakli elementlarga urg‘u beradi.

Hitech– bu minimalizm, ergonomika va ilg‘or texnologiyalar. Bu yerda yorug‘lik va bo‘sh joy ko‘p. Farqli tomonlari – dekorning yo‘qligi va funksionallikning ustunligi. Hitech xonaning interyerida, arxitektur detallar va predmetlarning shakli va fakturasiga asosiy urg‘uni beradi, shunda rasm va rang gammasi ikkinchi planga o‘tadi. Materiallardan esa u shisha, metall va plastikni o‘zaro moslashtirishga imkon beradi. Titanium Silver hitech uslubdagi derazalarni bezatish uchun tog‘ri keladi.

Loft – bu pardevorsiz, katta derazalarga ega, beton yoki g‘isht devorli katta xona. Butun xona zamonaviy va eski materiallar, teksturalar va sirtlarning bir biriga mosligi asosida yaratilgan. Hatto shifti baland kichkina uyda, uslubning farqli elementlarini qo‘shib ozgina urban jozibalikni yaratsa bo‘ladi. “Coal Grey” rangli derazalar Loft dizayniga mos keladi.

Titanium ranglar qatori bo‘yicha batafsil ma’lumotlarni quyidagi raqam orqali olsangiz bo‘ladi 78 120 1200, +998 93 381 11 81.

Barcha mahsulot qatorlari quyidagi saytda taqdim etilgan http://ekopen.uz/

Bizning Telegram kanalimizga obuna bo‘ling.

Reklama huquqi asosida